Uy/Xizmatlar/Implantat oʻrnatish

Implantat oʻrnatish

Implantatlar — bu yoʻqotilgan tishlar oʻrnini bosuvchi sunʼiy va uzoq muddatli ildizlardir. Amaliyot shuni koʻrsatadiki, toʻgʻri tanlangan va toʻgʻri oʻrnatilgan implantat oʻnlab yillar davomida xizmat qiladi.

 

Ushbu muolaja klinikamizda maxsus jihozlangan xonada, mutloq steril muhit va steril asbob-uskunalar bilan amalga oshiriladi, bu esa jarayonning xavfsizligini toʻliq kafolatlaydi.

 

Biz Italiya, Germaniya, Shveytsariya va Janubiy Koreya kabi yetakchi ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning implantatlaridan foydalanamiz.

Установка имплантатов

Implantatlarning afzalliklari

Funksiyalar va estetikaning toʻliq tiklanishi

Implant ham vizual, ham jismoniy jihatdan tabiiy tishdan mutloq farq qilmaydi. U chaynov funksiyasini toʻliq tiklab, har qanday taomni hech qanday xavfsiz isteʼmol qilish imkonini beradi va tabassumingizga boʻlgan ishonchni qaytaradi.

Uzoq muddatlilik va ishonchlilik

10–15 yil xizmat qiladigan koʻprikli protezlar yoki qoplama (koronka)lardan farqli oʻlaroq, sifatli implantat toʻgʻri parvarish qilinsa, bir umrga oʻrnatiladi. Vaqt oʻtishi bilan qoplamani yangilash mumkin, biroq implantatning "ildiz" qismi umrbod xizmat qiladi.

Qoʻshni tishlarning sogʻlom saqlanishi

Klassik "koʻprik" protezini oʻrnatish uchun shifokor qoʻshni sogʻlom tishlarni yoʻnishiga va ularni depulpatsiya qilishiga (asab tolalarini olib tashlashga) majbur boʻladi. Implantatsiya esa qoʻshni tishlarga hech qanday zarar yetkazmaydigan lokal (mahalliy) operatsiyadir.

Jagʻ suyagining emirilishdan (atrofiyadan) himoyalanishi

Tish ildizi boʻlmaganda, ushbu sohadagi suyak toʻqimasi yuklamadan mahrum boʻladi va vaqt oʻtishi bilan atrofiyaga uchraydi (choʻkadi). Bu esa yuz shaklining oʻzgarishiga va yuz ovalining qarishiga olib kelishi mumkin. Implantat yuklamani suyakka toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazib, yuzning tabiiy anatomiyasini saqlab qoladi.

Implantat oʻrnatish bosqichlari

1

Konsultatsiya va diagnostika

Shifokor ogʻiz boʻshligʻini koʻrikdan oʻtkazadi va bemorni KT (kompyuter tomografiyasi)ga yoʻnaltiradi. Bu suyak toʻqimasining hajmi hamda zichligini baholash, qarshi koʻrsatmalarni istisno qilish va davolashning aniq 3D-rejasini tuzish uchun zarurdir.

2

Tayyorgarlik va sanatsiya

Ushbu bosqichda barcha yashirin infeksiya oʻchoqlari davolanadi: karies va milk yalligʻlanishlari bartaraf etiladi hamda majburiy ravishda professional ogʻiz boʻshligʻi gigiyenasi oʻtkaziladi. Implantat mutloq toza ogʻiz boʻshligʻiga oʻrnatilishi shart. (Agar suyak toʻqimasi yetarli boʻlmasa, aynan shu bosqichda suyakni koʻpaytirish — sinus-lifting amaliyoti ham bajariladi).

3

Xirurgik bosqich (Implantat oʻrnatish)

Titan shtiftni suyakka oʻrnatish (vjivleniye) jarayonining oʻzi. Mahalliy anesteziya (ogʻriqsizlantirish) ostida mutloq ogʻriqsiz oʻtadi va bitta implantat uchun 20 daqiqadan 40 daqiqagacha vaqtni oladi. Shundan soʻng choklar qoʻyiladi va 3 oydan 6 oygacha davom etadigan suyakka birikish (osteointegratsiya) jarayoni boshlanadi.

4

Milkni shakllantirish

Implantat suyakka mustahkam birikkandan soʻng, xirurg 1–2 haftaga milk shakllantiruvchi (formirovatel) oʻrnatadi. Bu kelgusi qoplama (koronka) atrofida shilliq qavatning chiroyli, tekis va tabiiy konturi hosil boʻlishi uchun zarurdir.

5

Ortopedik bosqich (Protezlash)

Ortoped raqamli yoki klassik qoliplarni oladi, ular asosida tish texnikasi laboratoriyasida individual qoplama — koronka (metallokeramika yoki sirkoniy dioksididan) tayyorlanadi. Qoplama oʻtish elementi (abatment) orqali implantatga mustahkam oʻrnatiladi. Tabassum toʻliq tiklandi!

tpl25_image_41

Ariza qoldirish

Ismingiz *
 
Telefon raqami *
 
Izoh
 
Qayta aloqa
Biz sizning vaqtingizni qadrlaymiz va 5 daqiqa ichida siz bilan tezkor bogʻlanamiz
Toshkent sh., Oltintepa koʻchasi, 300-uy
Biz bilan hamkorlik qilib, siz sifat, ishonchlilik va professionallikni tanlaysiz.
улица Олтинтепа 300
Ariza qoldirish
Biz sizning vaqtingizni qadrlaymiz va 5 daqiqa ichida siz bilan tezkor bogʻlanamiz.
Контактные данные:
Наши менеджеры свяжутся с Вами в течение 5 минут
Скрытое поле:
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Я ознакомлен(а) с пользовательским соглашением*
Rahmat! Ariza yuborildi